Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...

Tasavvur qiling, siz kimsasiz orolda qolib ketyapsiz va yoningizda hech qanday qurilmangiz yo‘q. Do‘stlaringizga yozish uchun messenjerlar yo‘q, hayotingizni yengillashtiradigan sun’iy intellekt yordamchilari yo‘q, yo‘lni topishda yordam beradigan GPS ham yo‘q. Faqat siz va orol. O‘zingizni qanday his qilardingiz? Ko‘pchilik uchun bu haqiqiy qo‘rqinchli tush yoki eng yomon holat bo‘lishi mumkin. Chunki texnologiya endi shunchaki hayotimizning bir qismi emas, balki bizning ajralmas bo‘lagimizga aylanib qolgan — biz huddi texnologiyasiz yashay olmaydigandek bo‘lib qoldik.
Bu qaramlik nega paydo bo‘ladi?
Birinchi va eng asosiy sabab — qulaylik. Texnologiya hamma narsani yengillashtirib beradi: ovqat pishirishdan tortib, bozorga chiqmasdan buyum xarid qilishgacha. Ikkinchi sabab — texnologiyalar odamdan farqli ravishda unutmaydi, xato qilmaydi, shuning uchun ular ko‘pincha insonning “mukammalroq nusxasi” sifatida qabul qilinadi. Masalan, odamlar yo‘lni topishda oddiy xaritadan ko‘ra GPS’ga ishonadi, bilim olish uchun esa ko‘pincha Google’dan foydalanadi.
Ammo bunga faqat salbiy qarash ham to‘g‘ri emas. Texnologiya madaniy o‘zgarishlar tufayli kuchli qurolga aylandi: ta’limda, ishda, ijtimoiy aloqalarda va hatto butun sanoatlarda asosiy rol o‘ynaydi.
Ortiqcha qaramlikning xavflari
Eng katta muammolardan biri — mustaqillikni yo‘qotish. Odamlar odatdagi xaritadan ko‘ra Google Maps’dan foydalanadi, muhim telefon raqamlarini yoki hatto yaqin odamlarning ismlarini yodlab qolishga ham hojat sezmaydi. Yuzma-yuz muloqot esa asta-sekin kamayib bormoqda. Bu esa odamni ijtimoiy ajralish, sog‘liq muammolari va turli qiyinchiliklarga moyil qilib qo‘yishi mumkin.
Bundan tashqari, texnologiyaga ko‘r-ko‘rona ishonish odamlarni qiyin vaziyatlarga tushirib qo‘yishi mumkin. Axir, hech qanday tizim abadiy mukammal ishlamaydi, u ham ishdan chiqishi mumkin. Yana bir xavf shundaki, yosh avlod o‘zini doim sun’iy intellekt yoki robotlar bilan solishtira boshlaydi. Bu esa ularning ichidagi salohiyatni so‘ndirishi, o‘z qobiliyatlarini past baholashlariga olib kelishi mumkin.
Mumkin bo‘lgan yechimlar
Odamlar texnologiyaga haddan tashqari bog‘lanib qolmasliklari uchun vaqti-vaqti bilan an’anaviy ko‘nikmalarni mashq qilib turishlari foydali. Masalan: qog‘oz xaritadan foydalanish, hisob-kitobni qo‘lda qilish, yoki qo‘l bilan yozib borish. Bu ko‘nikmalar texnologiyadan foydalanish imkoni bo‘lmaganda yordam beradi.
Shuningdek, malum bir chegaralar qo‘yish ham yaxshi usul. Masalan, ekran qarshisida o‘tirish vaqtini chegaralash, maxsus dasturlar yordamida foydalanish vaqtini nazorat qilish mumkin. Mashhur usullardan biri bu — digital detox(raqamli tozalanish). Ya’ni, ma’lum muddat telefon, kompyuter, televizor yoki ijtimoiy tarmoqlardan butunlay uzoqlashish. Maqsad — texnologiyadan butunlay voz kechish emas, balki unga qaramlikni kamaytirish, diqqatni jamlash va ruhiy salomatlikni yaxshilash.Buni ayniqsa o‘qishda, ishda, kitob o‘qishda, mashq qilishda, tabiat qo‘ynida dam olishda yoki do‘stlar bilan yuzma-yuz vaqt o‘tkazishda qo‘llash foydali.
O'qishni davom ettirish uchun tanlangan maqolalar

19-sentabr, 2025

15-sentabr, 2025
25-iyul, 2025

17-iyun, 2025

Zamonaviy texnologiyalar, innovatsiyalar va raqamli transformatsiya haqida chuqur maqolalar.

Falsafiy fikrlar, hayotiy masalalar va qadriyatlar haqida intellektual muhokamalar.

Ilmiy kashfiyotlar, tadqiqotlar va zamonaviy fan sohalaridagi yangiliklar.

Tarixiy voqealar, shaxslar va jamiyatning rivojlanishi haqida maqolalar.

Biznes strategiyalari, iqtisodiy masalalar va tadbirkorlik haqida praktik maqolalar.

Adabiyot, kino, musiqa, tasviriy san'at va madaniy tadqiqotlar haqida maqolalar.