Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...

Texnologiya bizning yashash, o‘rganish, va bog‘lanish usullarimizni qaysi yo‘llar bilan o‘zgartiryapti?
So‘nggi o‘n yillikda texnologiya bizning hayotimizga kuchli ta’sir ko‘rsatdi, qanday ishlashimizdan, muloqot qilishimizdan, aloqada bo‘lishimizgacha katta o’zgarish olib kirdi. COVID-19 pandemiyasidan keyingi texnologiyaning ta’limdagi roli yanada ortdi – u faqat bilim manbai emas, balki qo’llab quvvatlovchi va ustozlik qilib boruvchi insonlarning ajralmas do’stiga aylanishga ulgurdi.
Zamonaviy aloqa texnologiyalari odamlarning bog‘lanishi, fikr almashishi va munosabat qurishida katta o‘zgarishlar qildi. Oddiy usullardan raqamli platformalarga o‘tish bizning o‘zimizni ifodalash va aloqalarni davom ettirish usullaimizni o‘zgartirdi. Bu o‘zgarishlar faqat qulaylik emas — ular yashash, o‘qish va ishlash tarzimizga ham yangilik olib kirdi.
Texnologiya ta’lim sohasini juda katta darajada o‘zgartirdi. Endi masofa yoki jismoniy to‘siqlar unchalik muhim emas. An’anaviy sinf xonalaridan onlayn platformalarga o‘tish o‘quvchilarga ko‘proq imkoniyatlar berdi va bilim olishni yengillashtirdi.
Bu jarayon ayniqsa pandemiya paytida tezlashdi. 2020-yil 11-mart kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti COVID-19’ni pandemiya deb e’lon qilganidan so‘ng, 188 ta mamlakatda 1,5 milliarddan ortiq o‘quvchi maktabga bora olmadi. Bu butun bir avlod ta’limiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi.
Aslida onlayn ta’lim ilgari ham bor edi, lekin pandemiyadan keyin u juda tez rivojlandi. Endi talabalar Coursera, edX yoki Khan Academy kabi platformalarda darslarga kirib, uyidan chiqmasdan dunyoning eng yaxshi professorlaridan ta’lim olishi va sertifikat qo‘lga kiritishi mumkin.
Bundan tashqari, raqamli kutubxonalar va ma’lumotlar bazalari o‘qish va tadqiqot qilishni osonlashtirdi. Endi faqat jismoniy kitoblarga tayanish shart emas.
Raqamli texnologiyalar ta’limni nafaqat bilim berish jarayoni, balki jamiyatning ta’limga bo‘lgan qarashlarini ham o‘zgartirdi. Endi qishloqda yashayotgan o‘quvchi ham nufuzli universitet talabasi bilan bir xil darslarga kira oladi. Bu esa tenglik va imkoniyat haqida yangi tasavvurlarni shakllantirdi.
Masalan, SuaCode Africa loyihasi smartfon orqali 37 ta Afrika davlatida 8 haftalik onlayn dasturlash kursini o‘tkazdi. Natijada yuzlab o‘quvchilar muvaffaqiyatli tamomladi. Bu tajriba shuni ko‘rsatdiki, onlayn ta’lim vaqtinchalik yechim emas, balki ta’limdagi tenglikni ta’minlash uchun barqaror yo‘l bo‘lishi mumkin.
Insonlar qadimdan turli yo‘llar bilan muloqot qilib kelgan: avval ramzlar va rasmlar orqali, keyin yozuv, bosma texnologiyalar va telefon paydo bo‘ldi. 1792-yilda Fransiyada Claude Chappe birinchi telegrafni ixtiro qildi va bu uzoq masofalarga xabar yuborishni ancha tezlashtirdi.
Bugungi kunda esa aloqa qilish imkoniyatlari juda keng. Video qo‘ng‘iroqlar, onlayn konferensiyalar va xabar almashish dasturlari orqali do‘stlarimiz va oilamiz bilan bevosita gaplasha olamiz. Masalan, Zoom pandemiya davrida uchrashuvlar, vebinarlar va hamkorlik uchun asosiy vositaga aylandi.
Shuningdek, Instagram, Facebook va Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlar dunyoning turli burchaklaridagi odamlarni bir necha soniya ichida dunyoning u chekkasidagi insonning qo’ygan rasmlari va videolarini ko’rishga yordam beradi.
Texnologiya orqali muloqotning o‘zgarishi munosabatlarga ham ijobiy, ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bir tomondan, biz yaqinlarimiz bilan tez-tez gaplasha olamiz, masofa endi to‘sqinlik qilmaydi. Boshqa tomondan, yuzma-yuz suhbatlar kamaygani sababli samimiy va chuqur munosabatlarni qurish qiyinlashdi.
Shuning uchun texnologiya odamlarni bog‘lasa ham, bizga haqiqiy insoniy aloqa faqat ekrandagi yozishmalar emas, balki jonli muloqot orqali shakllananishini eslatib turadi.
Texnologiya inson hayotini butunlay o‘zgartirdi. U bizga yangi imkoniyatlar berdi, lekin ayrim muammolarni ham olib keldi. Bugungi aloqa vositalari odamlarni qit’alar orqali bog‘ladi, onlayn ta’lim platformalari esa millionlab insonlarga bilim olish imkoniyatini yaratdi.
O'qishni davom ettirish uchun tanlangan maqolalar

Zamonaviy texnologiyalar, innovatsiyalar va raqamli transformatsiya haqida chuqur maqolalar.

Falsafiy fikrlar, hayotiy masalalar va qadriyatlar haqida intellektual muhokamalar.

Ilmiy kashfiyotlar, tadqiqotlar va zamonaviy fan sohalaridagi yangiliklar.

Tarixiy voqealar, shaxslar va jamiyatning rivojlanishi haqida maqolalar.

Biznes strategiyalari, iqtisodiy masalalar va tadbirkorlik haqida praktik maqolalar.

Adabiyot, kino, musiqa, tasviriy san'at va madaniy tadqiqotlar haqida maqolalar.