Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...

Dopamin nima?
Dopamin — bu neyrotransmitter, ya’ni tanamiz, miyamiz va xulq-atvorimizga ta’sir qiladigan kimyoviy moddadir. U miyamizdadi mukofot hissini boshqaradi. Faqatgina “rohat” berish emas, balki diqqatni bir joyga jamlash, yorqin kelajak uchun rejalar tuzish va maqsadlarga intilish qobiliyatimiz ham aynan dopamin bilan bog‘liq.
U miyadagi to‘rtta asosiy yo‘llar bo‘ylab harakatlanadi va har safar retseptorlarga yetkazilganida harakat, kayfiyat va o’ylash jarayoniga ta’sir qiluvchi signallar yuboradi. Uning eng muhim vazifalaridan biri — mukofot tizimini boshqarish. Mazali taomdan lazzatlanish, musiqa tinglab orom olish yoki biror sevimli mashg’ulot bilan shug’ullanish kabi yoqimli ishlar qilganimizda dopamin bizga “mukofot” signali beradi. Bu esa bizni o‘sha xatti-harakatni qayta -qayta takrorlashga undaydi.
Ammo buu tizim osongina “aylanishi” mumkin. Dopamin bu orqali foydali odatlarni mustahkamlash bilan birga, zararli odatlarni ham kuchaytirish mumkin. Masalan, spirtli ichimlik, giyohvandlik yoki ijtimoiy tarmoqlardan to’g’ri miqdorda foydalanmaslikka sabab bo’la oladi.
Qanday qilib bizdagi mukofot hissi ko’pchiligimiz uchun tanish bo’lgan depressiya va stressga olib boradi?
Zamonaviy raqamli platformalar orqali miyada tezkor dopamin ajralishi kuchayishi mumkin. Yorqin ranglar, tugamaydigan video yoki kontentlar lentasi (infinite feed) — hammasi bizni ekranga qayta-qayta qarashga majbur qiladi. Har bir qo’l harakati yoki bildirishnoma kichik “mukofot” beradi va miya uni yanada ko‘proq izlay boshlaydi.
Vaqt o‘tishi bilan miya bunga ko‘nikib qoladi. Avvalgi “mukofot” hissi endi ko‘proq rag‘bat talab qiladi. Shuning uchun ko‘pchiligimiz telefonga kuniga yuzlab marta qo‘l uzatamiz, ko‘pincha aniq sabab bo‘lmasa ham. Shu bilan birga, kitob o‘qish yoki sayr qilish kabi uzoq muddatda rag’bat bilan ta’minlovchi va to’g’ri miqdorda gormon ishlab chiqaruvchi bizga endi unchalik maroqli bo‘lib tuyulmayapti.
Natijada bizning tabiiy mukofot tizimimiz zaiflashadi va bu holat stress, bezovtalik va xavotirni kuchaytiradi. Cheksiz telefon yoki texnologiyalar bilan band bo’lish miya va organizm uchun dam berish o‘rniga, bizni yanada charchatadi.
Bunga qarshi “davo” bormi?
“Ha — hech bo‘lmasa bir kunlik tanaffus,” deydi Stenford universiteti psixiatri va Dopamin Nation kitobi muallifi doktor Anna Lembke. Har qanday qaramlik kabi, bu muammoning ham tezkor yechimi yo‘q, balki asta-sekin muvozanatni tiklash lozim.
Ko‘p mutaxassislar raqamli detoksni tavsiya qiladilar. Ekranlardan ongli ravishda chetlanish orqali miya mukofot tizimini qayta sozlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu orada oddiy mashg‘ulotlar — tabiat tovushlarini tinglash, jurnal yuritish, yuzma-yuz suhbat qilish — yana yoqimliroq tuyula boshlaydi va yana siz real hayotda haqiqatan yashayotgandek his qila boshlaysiz o’zingizni.
Bu texnologiyadan butunlay voz kechish degani emas. Gap uni ongli ravishda, maqsadli ishlatishni o‘rganishda. Cheksiz nurlardan tanaffus qilganimizda, o‘z fikrlarimiz, atrof-muhitimiz va ayni yashayotgan soniyamiz bilan qayta bog‘lanish imkonini topamiz.
Foydalanilgan manbaalar:
1)med.stanford.edu/news/insights/2021/10/addictive-potential-of-social-media-explained.html - Addictive potential of social media, explained by Bruce Goldman Stanford psychiatrist Anna Lembke's book, Dopamine Nation, explains our brain chemistry's role in modern society's addiction to social media, oct 29 2021
2)https://www.theguardian.com/global/2021/aug/22/how-digital-media-turned-us-all-into-dopamine-addicts-and-what-we-can-do-to-break-the-cycle tortoise media, 21.04.25
3)https://my.clevelandclinic.org/health/articles/22581-dopamine Cleveland clinic 23.03.22
4)https://www.bemas.co.za/portal/bemas/how-social-media-hooks-our-brains dopamine overdrive: how social media hooks our brains
O'qishni davom ettirish uchun tanlangan maqolalar

Zamonaviy texnologiyalar, innovatsiyalar va raqamli transformatsiya haqida chuqur maqolalar.

Falsafiy fikrlar, hayotiy masalalar va qadriyatlar haqida intellektual muhokamalar.

Ilmiy kashfiyotlar, tadqiqotlar va zamonaviy fan sohalaridagi yangiliklar.

Tarixiy voqealar, shaxslar va jamiyatning rivojlanishi haqida maqolalar.

Biznes strategiyalari, iqtisodiy masalalar va tadbirkorlik haqida praktik maqolalar.

Adabiyot, kino, musiqa, tasviriy san'at va madaniy tadqiqotlar haqida maqolalar.