Texnologiya Falsafa Fan Tarix Biznes Kirish

Gidrofoil kemalari: AQSh Harbiy Dengiz Flotining unutilgan orzusi

Muallif Fayzulloh Iyun 17, 2025

1. Kirish

1969-yil bahorida AQSh sohillari yaqinida noodatiy bir kema sinovdan o‘tkazilayotgan edi. Bu kema boshqa suzuvchi kemalarga o‘xshamasdi — u suv ustida "uchayotgandek" ko‘rinardi.

U maxsus suv osti qanotlariga tayanib, suv sathidan ko‘tarilar va katta tezlikda to‘lqinlarni yorib o‘tardi. Bu gidrofoil kemasi edi — ya’ni suv ustida uchgandek harakatlana oladigan maxsus kema.

Bu loyiha "Cold War" davrida, AQSh va Sovet Ittifoqi o‘rtasidagi ziddiyat kuchli bo‘lgan paytda boshlangan. Gidrofoil oddiy eksperiment emas edi, balki dengiz urushlarini tubdan o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan texnologiya sifatida ko‘rilgan.

U tez, osonlik bilan yo‘nalishni o‘zgartira oladigan va zamonaviy avtomatik tizimlar bilan jihozlangan edi. Ammo oxir-oqibat bu orzular amalga oshmadi. Nima sabab bo‘ldi?

 

2. Nima uchun bu texnologiya kerak edi?

1960-yillarda AQSh Harbiy Dengiz Floti dunyodagi eng qudratli flot edi. Unda aviatsiya tashuvchilari, suvosti kemalari va katta urush kemalari mavjud edi.

Biroq, Sovet Ittifoqi tomonidan yangi xavf paydo bo‘la boshladi. Sovetlar suvosti kemalarini tezda va zamonaviy tarzda ishlab chiqarayotgan edi. Ular yirik, sokin va chuqurroq sho‘ng‘iy oladigan darajada rivojlangan edi.

Ba’zi yangi modeldagi suvosti kemalari 41 knot (taxminan 76 km/soat) tezlikka erishishi kutilgan edi — bu esa AQSh harbiy kemalari uchun xavfli edi.

AQSh kemalari bu suvosti kemalarni aniqlay olgan, chunki ular zamonaviy sonar tizimlariga ega edi. Biroq muammo aniqlashda emas, harakat qilishda edi — harbiy kemalar juda sekin edi.

Gidrofoil kemalari esa suvga botgan maxsus qanotlar yordamida suv ustidan ko‘tarilib, suv qarshiligini (ya’ni drag) kamaytirardi. Bu ularga oddiy kemalarga qaraganda ancha yuqori tezlikda harakatlanish imkonini bergan.

 

3. Gidrofoil texnologiyasining qisqacha tarixi

Aslida, gidrofoil g‘oyasi 50 yildan ham avvalroq paydo bo‘lgan. 1906-yilda italiyalik muhandis Enriko Forlanini birinchi gidrofoil kemasini yaratdi.

U kemaning tagiga maxsus qanotlar (foils) o‘rnatib, kemani suvdan ko‘tarilishiga erishdi. Bu gidrofoilni ancha tez harakatlanishga imkon berdi.

Keyinchalik telefon ixtirochisi Aleksandr Grem Bell bu texnologiyani takomillashtirdi. U qurilgan kemasi bilan tezlik bo‘yicha rekord o‘rnatdi va butun dunyo muhandislarini hayratda qoldirdi.

1950-yillarga kelib, ayrim davlatlar bu texnologiyani yo‘lovchi tashuvchi kemalarda ishlatishni boshlashdi. Biroq ular faqat tinch suvda samarali edi.

Okeandagi kuchli to‘lqinlar gidrofoillarni qiyin ahvolga solib qo‘yardi.

 

4. 1960-yillardagi AQSh gidrofoil loyihalari

AQSh Harbiy Dengiz Floti dastlab gidrofoillarga unchalik qiziqmagan, chunki ularning ko‘pchiligi notekis suvda yaxshi ishlamasdi.

Ular yuzaga yaqin qanotlardan foydalangani uchun to‘lqinlar ularning harakatiga katta salbiy ta’sir ko‘rsatardi.

Ammo keyin muhandislar to‘liq suvga botirilgan foillar ishlatilgan dizaynni ishlab chiqishdi. Bu qanotlar suv ostida chuqurroqda joylashgan va shuning uchun to‘lqinlar ularga ta’sir qilmasdi.

Biroq bunday gidrofoil doimiy muvozanatda turishi kerak edi. Bu juda murakkab edi.

Yaxshiyamki, 1960-yillarda avtomatik boshqaruv tizimlari paydo bo‘ldi. Ular uchuvchisiz samolyotlarda bo‘lgani kabi, gidrofoilning holatini har soniyada avtomatik sozlab turadigan avtopilot tizimlarga ega edi.

Shunda AQSh Harbiy Floti imkoniyatni ko‘rdi. Ular “USS Plainview” nomli eng katta gidrofoilni qurishga kirishishdi.

Bu kema past tezlikda dizel dvigateli bilan harakatlanar, yuqori tezlikda esa reaktiv dvigatel (huddi qiruvchi samolyot kabi) orqali ishlovchi gaz turbinalari ishga tushardi.

U ikkita maxsus superkavitatsion suv osti vintlari yordamida 50 knot dan ortiq tezlikka erisha olgan. 

"Plainview" gidrofoili juda katta texnologik yutuq deb qaraldi. Hujjatlarda esa undan ham katta gidrofoillar — hatto vertolyotlarni olib yuradiganlari ham loyihalashtirilishni boshlangan edi.

 

5. Muammolar qanday boshlandi?

Biroq orzularni haqiqatga aylantirish oson emas edi.

"Plainview" ning qurilishi Lockheed kemasozlik zavodidagi ishchilar ish tashlagani (ya'ni kompaniyaga qarshi chiqqani) sababli kechikdi.

Kema birinchi marta 1968-yilda sinovdan o‘tdi — rejalashtirilgan sanadan uch yil kechikib va byudjet ikki barobarga oshib ketgan edi.

To‘rtta yasalgan gidrofoillarning har biri prototip edi — ya’ni bir-biridan farqli va noyob dizaynga ega.

Bu esa qismlarni almashtirish yoki ta’mirlashni juda qiyinlashtirdi. Har bir loyiha uchun alohida mablag‘, muhandis va vaqt kerak edi.

1974-yilda "Plainview" yangilandi

Ammo flotda ishonchsizlik kuchayib borardi.
Ko‘pchilik harbiylar yangi texnologiyalarga o‘rganmagan edi,
ba’zilar esa bu jarayon haddan ortiq qimmat va murakkab bo‘layotganini aytardi.

 

6. Gidrofoil vs An’anaviy suv kemalari

Gidrofoilning kuchli tomonlari ko‘p edi:

Ammo kamchiliklari ham jiddiy edi:

Boshqa tomondan, samolyotlar — ayniqsa qarshi suvosti kurashi uchun mo‘ljallanganlari — ancha foydali edi.

Ular keng okeanni:

imkoniga ega edi.

Texnologiya rivojlangan sari, gidrofoillar keraksiz bo‘lib qola boshladi.

 

7. Nega gidrofoillar tarixda qoldi?

1970-yillar oxirida AQSh Pegasus klassidagi kichikroq gidrofoillarni ishga tushirdi. Ular tez va yengil bo‘lib, raketa olib yurishga qodir edi. Ammo dastlab rejalashtirilgan 44 ta kemadan atigi 6 tasi qurildi. Ular atigi 10 yilgina xizmat qilganidan so'ng boshqa texnologiyalar bilan almashtirildi.

1978-yilga kelib, AQSh hukumati gidrofoil tadqiqotlariga ajratilgan mablag‘ni butunlay to‘xtatdi.

Dastlab buyuk bo‘lib ko‘ringan bu loyiha asta-sekinlik bilan tarix sahifalariga singib ketdi.

Oxir-oqibat, bu loyiha shuni ko‘rsatdi:
hatto ishlaydigan va qiziqarli g‘oyalar ham, agar ular amaliy hayotga to‘g‘ri kelmasa, muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Gidrofoil texnologiyasi innovatsion loyihalarga ilhom bergan bo'lsa-da, uni samolyotlar, vertolyotlar va an'anaviy qurollangan kemalar o'rnini bosa olardi.

← Ortga qaytish