Texnologiya Falsafa Fan Tarix Biznes Kirish

Oʻldirilgan bobo paradoksi

Muallif Asadbek Iyun 8, 2025

Faraz qiling, siz vaqt mashinasi yasadingiz va o'tmishga sayohat qilib, hali uylanmagan biologik bobongizni ataylab yoki bexosdan oʻldirdingiz. Shunda nima sodir bo'ladi?
Bobongiz otangizni dunyoga keltirmagani uchun siz ham borliq tarixidan oʻchib ketasizmi?
Hop, siz hech qachon tug'ilmadingiz deylik, unda bobongizni kim o'ldiradi? Agar bobongizni hech kim kelajakdan kelib, o'ldirmasa, shunda endi siz ham mavjud bo'la olasizmi? Paradoks!

 

Oʻldirilgan bobo paradoksi o'tmishga sayohatning eng chalkash muammolaridan sanaladi. Bu paradoks nafaqat ajdodlarimiz yoki yosh o'zimizni o'ldirishda balki oʻtmishdagi sayohatning har bir harakatida kuzatiladi. Kapalak effektini (ya'ni, hatto kichik o'zgarishlar ham kelajakda aql bovar qilmas farqni yuzaga keltirishi mumkinligini) yodga oling. O'tmishni hech qanaqasiga o'zgartirib bo'lmaslik, aynan shu paradoks orqali tushuntiriladi.

 

Oʻldirilgan bobo paradoksini yechish uchun quyidagi asosiy farazlar taqdim etilgan:

 

1) Oʻtmishni hech qanaqasiga o'zgartirib bo'lmaydi.
Ya'ni, shu kungacha kimdir nimadir qilgan boʻlsa, u aynan o'sha vaqtda, o'sha ishni qilishi kerak edi. Agar siz hozir mavjud boʻlsangiz, demak siz umringiz davomida hech qachon o'tmishga qaytib bobongizni oʻldirmaysiz. Bunga hech qachon imkoniyatingiz bo'lmaydi, qo'lingiz bormaydi, yoki nimadir halaqit beradi. Mabodo, bir kun kelib, kimdir vaqt mashinasi yasab, o'tmishni o'zgartirsa ham, demak har doim shunday bo'lishi kerak edi. O'sha vaqtda kimdir kelajakdan kelib, voqealarga aralashishi talab qilingan. 
 

2) O'tmishga sayohat aslida parallel olamga sayohat.
Ya'ni siz o'tmishga qaytib yosh bobongizni o'ldirsangiz, buni sizga va tarixingizga hech qanday taʼsiri bo'lmaydi. Chunki, qotillik boshqa olamda amalga oshirilgan, siz oldirgan odam sizning biologik bobongiz emas, u shunchaki bobongizni boshqa olamdagi qiyofadoshi. Bu nazariyada ham siz alida o'z o'tmishingizni o'zgartira olmaysiz. Faqatgina parallel olamni hosil qilish mumkin, ammo sizning (original) olamingizda baribir hech narsa o'zgarmaydi. 

 

Xullas, har qancha urinmang haqiqatda siz o'tmishni o'zgartira olmaysiz. Siz faqat kelajakni o'zgartirishingiz mumkin. Bu ishni esa faqat hozir qilish mumkin. Ammo, xohlaysizmi yo'qmi, ayni vaqt siz shundoq ham kelajakni o'zgartirish bilan mashg'ulsiz.

← Ortga qaytish