Texnologiya Falsafa Fan Madaniyat Biznes Kirish

Ulkan Dirijabllarning Yuksalishi va Qulashi

Muallif Fayzulloh Raximjonov Aprel 26, 2025

Tasavvur qiling, okean layneri kattaligidagi bir narsa, lekin u yerda emas, balki osmon uzra suzib yuribdi.

 

Ushbu ulkan dirijabllar pianino zallari, ovqatlanish xonalari va shaxsiy kabinalari bilan dunyo bo‘ylab sayohat qilishning hashamatli usulini taklif etgan. 80 yil muqaddam dirijabllar 200 metr balandlikda uchgan holda shunchalik tekis harakatlanardiki, qalamni tik tutib qo‘ysangiz ham yiqilmasdi. Hattoki yanada yirikroq va dabdabaliroq dirijabllarni qurish rejasi ham bor edi — to falokat yuz bergungacha.

 

1936-yilda ilk bor parvoz qilgan “Hindenburg” hanuzgacha osmonga ko‘tarilgan eng yirik obyekt hisoblanadi. Uning ulkan hajmi odamni hayratda qoldirardi. Avtobus bilan solishtirganda u juda katta edi. Hatto Boeing 747 samolyotidan ham katta edi. “Hindenburg” ularning barchasini soyada qoldirgan.

 

Ichkaridan qaralganda, “Hindenburg” oddiy samolyotdan ko‘ra hashamatli okean layneriga o‘xshardi. Yo‘lovchilarga hashamatli ovqatlar, keng panoramali yo‘laklar, pianino zallari va sokin offis xonalari taklif qilinar edi. Hatto pastki qavatda chekish xonasi va bar ham bo‘lgan. Kechasi esa mehmonlar shaxsiy kabinalariga qaytib, sokin osmon bo‘ylab uchishda davom etishardi.

 

1930-yillarda hattoki eng tez harakatlanadigan suv kemalari ham soatiga atigi 35 mil tezlikda yurardi. “Hindenburg” esa bu tezlikni osongina ikki barobarga oshirib, okeanni atigi ikki kunda kesib o‘tar, kemalarga esa bu uchun besh kun kerak bo‘lardi. Bundan ham muhimi — kemalar faqat portlarda to‘xtashi mumkin edi, dirijabllar esa ichki hududlarga uchib borib, Yevropa va AQShning turli shaharlariga bevosita yetib borish imkoniga ega edi. Shu jihatdan ular o‘z davrining qulayligi va imkoniyati jihatidan eng ilg‘or transport vositalaridan biri bo‘lgan.

 

Yana bir transatlantik parvozni yakunlagach, “Hindenburg” Nyu-Jersidagi doka joyiga yetib keldi. Ammo to‘satdan uning ko‘tarilish gazlari yondi. Bir necha soniya ichida bu ulkan dirijabll alangalanib, kulga aylandi. Hodisa jonli efirda tasvirga olinib, butun dunyoga namoyish etildi — bu voqea jamoatchilikni larzaga soldi. Garchi bu eng ko‘p inson talofati bilan tugagan dirijabll halokati bo‘lmagan bo‘lsa-da, “Hindenburg” fojiasi odamlarning bunday ulkan uchuvchi kemaga bo‘lgan ishonchini butkul yo‘qqa chiqardi. Dirijabllarning “oltin davri” shu zayl to‘satdan va fojiali yakun topdi.

 The Hindenburg disaster colorized

Hajmi nihoyatda katta bo‘lishiga qaramay, “Hindenburg” atigi 72 nafar yo‘lovchini tashiy olgan va uni boshqarish uchun 52 kishilik ekipaj kerak bo‘lgan. Taqqoslash uchun: o‘sha davrdagi oddiy okean kemalari deyarli 2 000 yo‘lovchini qabul qila olgan va 1 000 dan ortiq ekipaj a’zolari bilan xizmat ko‘rsatgan. Dirijabllarning sig‘imi cheklanganligining sababi — fizikaga borib taqaladi: geliy yoki vodorod kabi sichligi havonikidan pas bo'lgan gazlar ozgina og‘irlikni — taxminan sakkizta fil og‘irligini — ko‘tara olardi. Shu bois, bortdagi barcha jihozlar imkon qadar yengil bo‘lishi kerak edi.

 

Kabinalar tor va ko‘pincha ikki qavatli yotoqlar bilan jihozlangan edi. Devorlari yupqa materiallardan va mato bilan qoplangan bo‘lib, tovushni o‘tkazar edi. Hammomlar pastda joylashgan bo‘lib, barcha yo‘lovchilar uchun umumiy edi — bor-yo‘g‘i bitta dush mavjud edi. Pianino esa alyuminiydan tayyorlangan bo‘lib, oxir-oqibatda vaznni kamaytirish uchun olib tashlandi. Bu noqulayliklarga qaramay, chipta narxlari juda yuqori bo‘lgan — bugungi hisobda bir tomonlama transatlantik parvoz uchun deyarli 7 000 dollar.

 

“Hindenburg” halokatiga kelib, okean kemalari ancha arzon va yuqori darajadagi hashamatni taklif qila boshlagan edi. Katta raqs zallari, teatrlar, suzish havzalari kabi qulayliklar odatiy holga aylangan edi. Shu bilan birga, samolyotlar ham transatlantik parvozlarni boshlagan, bu esa yanada tezroq va amaliyroq sayohat imkonini bergan. “Hindenburg”, butun go‘zalligi bilan birga, endi na qulaylikda, na tezlikda, va albatta, na narxda raqobat qila olmas edi. U alangaga cho‘mgan paytda, allaqachon o‘z texnologik zamonidan ortda qolayotgan edi.

 

Bugungi kunda ham ulkan dirijabllar g‘oyasi odamlarning xayolini chulg‘ab turadi. Osmon uzra sokin uchib yuruvchi, okean kemasi kabi muhtasham texnologiyada sayohat qilish — bu g‘oyada betakror hislar bor. Ammo bundan 80 yil avvalgi jismoniy cheklovlar bugun ham o‘zgarishsiz qolmoqda.

← Ortga qaytish